Alisher Navoiy korpusi

511

Ko'p qochar yor, ani ko'p qilsam meni zor orzu,

Anda bisyor ijtinobu menda bisyor orzu.

Kufri zulfi orzusidin berurmen naqdi din,

Kim ko'rubtur, ey musulmonlar, bu miqdor orzu.

To ko'zung ayni tanosubdin manga qilg'ay nazar,

Kecha-yu kunduz qilurmen o'zni bemor orzu.

Chun erur har tori zulfung rishtai jon, bas ne tong,

Jon qushin ul dom aro qilsam giriftor orzu.

Jannat o'lsa maskanim ko'yung tilarmen uylakim,

Do'zax ahli aylagay jannatqa izhor orzu.

Bog' tavfidin g'araz andoqki bo'lg'ay sarvu gul,

Bizga ko'yung ichra bor ul qaddu ruxsor orzu.

Soqiyo, aylar xumorim qasdi jon, qilsam ne ayb,

Xasta jonimni muqimi ko'yi xammor orzu.

Kundai do'zaxdurur bu ravzada bir bargi shox,

Aylaram savsan kibi o'zni sabukbor orzu.

Andin o'ldum ozimi dayri fano, ey mug'bacha

Kim, qilibmen halqai zulfungni zunnor orzu.

Zohido, boshtin ayog'ing zarq erur, qo'y pandkim

Besarupolarg'a bo'lmas kafshu dastor orzu.

Orzu aylar Navoiy ko'yung ichra orazing,

Zor bulbul aylagandek bog'-u gulzor orzu.

  • Semantik izoh: