
Alisher Navoiy korpusi

512
Gul sochar yel bog' aro, sarvi ravonim keldimu,
Jon isi guldin kelur, oromi jonim keldimu.
Bexud erdim aytkali ko'nglum, chu keldim holima
Ayting: ul ovorai bexonumonim keldimu.
Qolmish erdi xasta jon, kirganda men mayxonag'a,
Anglamonkim, ul zaifi notavonim keldimu.
Demangizkim, keldi mahvashlar seni o'lturgali,
Muni dengkim, qotili nomehribonim keldimu.
Hajridin o'ldum demangkim, boshima kelmish Masih,
Ayting, ul osoyishi ruh-u ravonim keldimu.
Ko'yungga ushshoq kelgandin xabar tuttung, valek
Demading, ul zori benom-u nishonim keldimu.
Zuhd ko'yiga ko'ngul birla dedingkim, kelmading
Ey Navoiy, necha aytib ul yomonim keldimu.