
Alisher Navoiy korpusi

513
Vah, bu ne husnu, jamolu ne latofatdur bu,
Dema ishq ahliki, din ahlig'a ofatdur bu.
Shisha yanglig' ko'runub boda o'tar bo'g'zingdin,
Xilqating javharida, vah, ne latofatdur bu.
Mehrning orazini buki kusuf etti qora,
Qullug'ung aylamasa, ayni kasofatdur bu.
Manga tig' ursa rizo berdimu ag'yorg'a, yo'q
Men turub o'lturur oni, ne zarofatdur bu.
Ul pariy hoziru ko'zlardin erur g'oyib hur,
Shayx ani vasf qilur, ko'r, ne xurofatdur bu.
Yorning manzili jon ichra-yu sen oni tilab,
Ozimi Ka'ba, ajab qat'i masofatdur bu.
Demakim, bo'ldi junun dashtida jo'lida soching
Ul quyoshtin boshima soyai rofatdur bu.