
Alisher Navoiy korpusi

514
To tushta yuzin ko'rdum bo'lmish manga kom uyqu,
Lekin g'amidin bo'lmish ko'zumga harom uyqu.
Ko'nglum ne uchun yetkach zulfungg'a bo'lur bexud,
Ma'hud emas elga chun avvali shom uyqu.
El ko'zlaridin ul ko'z uyquni tamom olmish,
Bu ishtin ekin oxirkim, bo'ldi tamom uyqu.
Yo tushta ko'ray oni, yo g'ayrni ko'rmay deb,
Ko'z ochmayin istarmen hajrinda mudom uyqu.
Bu marhalada solik ko'z yumsa, qolur yo'ldin,
Yo'l ahli qachon aylar aylarda xarom uyqu.
Chun sayli sirishkimdin ko'zning qorasi bormish,
Ne nav' tuta olg'ay ul yerda maqom uyqu.
Uyqusi Navoiyning gar o'chti, ajab ermas,
To dona sirishk o'lmas, bo'lmas anga rom uyqu