
Alisher Navoiy korpusi

515
Tig' tortib chu kelur qatlima jonon o'tru,
Har dam og'zimg'a yetar chiqmog' uchun jon o'tru.
Ko'ngluma kelsa xayoling, chiqar o'trusig'a jon,
El chiqar, uyga kirar vaqtda mehmon o'tru.
Istabon vasl qachon ko'yiga ozim bo'lsam,
Kelmas ollimg'a bajuz novaki hijron o'tru.
Ul quyosh hajrida otsam kechalar novaki oh,
Holadin charx tutar daf'ig'a qalqon o'tru.
Dasht devonasig'a men qiluram istiqbol,
Chiqsa Majnung'a, ne tong, g'uli biyobon o'tru.
Mayda soqiy yuzi chun jilvagar o'lmish, ne ajab,
Tutsam ul ko'zguni ollimg'a farovon o'tru.
Keladur erdi habibim, meni ko'rgach yondi,
Ey Navoiy, nega chiqtim meni nodon o'tru.