
Alisher Navoiy korpusi

516
Soching rangi anbarmudur, mushki Chinmu,
Labing ta'mi shakkarmudur, angubinmu.
Soching bo'lmadi kufr eligamu zunnor,
Bo'yun tavqig'a qo'ymadi ahli dinmu.
Kuyarga ko'ngul la'ling ermasmu o'tluq,
Gulungni qadah qilmamish otashinmu.
Ko'ngul ganjig'a qufl emasmu boshog'ing,
Yangi dog' emas anda naqshi niginmu.
Deding, mastu oshiqni qatl aylamishmen,
Degil, qoldi bir shayxi xilvatnishinmu.
Meni bog' gulgashtig'a chekma, dehqon,
Vafolig', degil, gulmudur, yosaminmu.
Navoiy, aning ko'ngliga kor qilmas,
Fig'on tortmon, yo'qsa ohi hazinmu.