Alisher Navoiy korpusi

517

Ne bilgay ulki qilur xudi uzra jilva yalov,

Mening o'tumniki, boshim uza yonar lov-lov.

Balo aro chu men o'ldum, balo qilichlarini,

Ne tong ititkali lavhi mazorim o'lsa bilov.

Qo'lumda bandi junun tasmasi, ne fikr etkay

Parivasheki, minib dev, qo'lg'a olsa jilov.

Firoq o'tida qorordim, magarki bu o'tni

Yorutg'ali meni davron iligi qildi ko'sov.

Soqoli shayxi riyoiyg'a garchi keldi harom,

Vale kularga eshak bo'iniga kerak g'ujg'ov.

Yuz uzra xay, gul uza shabnamin havas qilma,

Bayozi shayb ila chun yog'di boshing uzra qirov

Navoiy aylab edi garchi raz qizini taloq,

Halola bo'lsa ham ul qizni olg'usi bu kuyov.

  • Semantik izoh: