Alisher Navoiy korpusi

518

Jonona tushubtur meni bemordin ayru,

Jon uylaki tushkay badani zordin ayru.

Ko'z olma ko'zumdinki, o'larmen, agar o'lsang

Bir ko'z yumub ochquncha bu bemordin ayru.

Ul rashki pariy ko'yida boshimg'a yog'ar tosh,

Atfoldin ayruduru devordin ayru.

Jon kimsada qolg'aymu bu yanglig'ki olursen,

Guftordin ayru, qadu raftordin ayru.

Zulmungni kam etkilki, vafo ahli topilmas,

Ul zulfi xamida bu giriftordin ayru.

Matlubdin ayru gila qilma talabingdin,

Matlubni kim ko'rdi talabgordin ayru.

Ranjurdur ul ko'yi firoqida Navoiy,

Bulbul ne ajab g'amzada gulzordin ayru.

  • Semantik izoh: