Alisher Navoiy korpusi

519

Pok ishq ahli nechuk vasl aylagaylar orzu,

Nomunosibdur balokashlarg'a bo'lmoq komjo'.

Lolagun ruxsor-u mushkin zulfidin kom istagan

Ishq oyinida go'yo bilmadi juz rangu bo'.

Ko'ngli pok el gar malomat rangida qilsa suluk,

Bok emastur, boda bo'lmas rang qilg'on birla su.

Pok oshiq o'rtanib parvonadek dam urmag'an

Bo'lg'anidin yaxshiroq bulbul kibi bisyorgo'.

Ishq tavrida ko'ngul birla tilin zabt aylagan,

O'tu suni jam' etar, kimga muyassar bo'ldi bu.

Rutba lekin bo'lsa pok elga bulut yanglig' biyik,

Barq o'tun yomg'ir aro asrar zehi pokizaxo'.

Ey Navoiy, ishq da'vosinda ko'p lof urmakim,

Fannida sohibkamol el bir taraf qilmas g'ulu.

  • Semantik izoh: