Alisher Navoiy korpusi

52

Kuydi ko'nglum, shu'la o'tlug' dostonidin tushub,

Rost ul qushdekki kuygay, o't fig'onidin tushub.

Boruram uryon tushub tan zaxmidin, nolon ko'ngul

Ul qalandardekki, qolg'ay zang yonidin tushub.

Ko'yidin tushgan yiroq ko'nglum erur ovoraye,

Kim erur devona, ayr-u xonumonidin tushub.

Tig'i bedoding bila borg'on shahidi ishqning,

Rustaxezi dahr aro har qatra qopidin tushub.

G'unchasi rangin bo'lub la'li mayidin, uylakim,

O't tutashqay oshiqi ko'ngliga jonidin tushub.

Ruhi isyon tufrog'idin avj topmas, uylakim,

Bir malak jurm aylabon oliy makonidin tushub.

Xoli hajridin Navoiy ko'ngli og'rir, negakim,

Og'rig'ay elning qora dog'i nihonidin tushub.

  • Semantik izoh: