Alisher Navoiy korpusi

520

Dema yuzkim, Xo'tan gulzoridur bu,

Dema xat – nofai totoridur bu.

Ko'zi o'ltursa, la'li jon bag'ishlar,

Ajoyib muddao izhoridur bu.

Desam zulfungmu ko'nglum ayladi band,

Der, ey miskin, aning bir toridur bu.

So'zi gar asru shirindur, tong ermas,

Hadisi la'li shakkarboridur bu.

O'g'urlar jon zanaxdoning aro xol

Ki, Bobul chohining ayyoridur bu.

Ko'ngul o'zlukni bir sog'arg'a sotti,

Magar dayri fano xammoridur bu.

Navoiyg'a, -desam,- qil, ey yigit, rahm,

Kulub der, ne hayosiz qaridur bu.

  • Semantik izoh: