Alisher Navoiy korpusi

521

Bu nav' o'ldum jamoling mushafining sirridin ogah,

Ki fihristida keldi ikki qoshing ikki bismillah.

Jamoling buki mus'hafdur, hadising Haq kalomi ham,

Dey olur mus'hafi notiq seni har kim erur ogah.

Hadisi poku nutqi jonfizoingdin topib Iso

Ki anfosi qilib ibro, agar abras gar akmah.

Gar o'lsa taxti johing arshu farsh uzra rusul xayli,

Tong ermaskim, alar bori mulozim keldilar, sen shah

Hazizi arz agar bo'ldi makoning, faqr edi bois.

Agarchi lomakon avji edi raxshingg'a javlongah.

Rusuldin hech rahrav hamrahing bo'lmoq emas mumkin,

Maloyiktin chu sayringda ne rahrav keldi, ne hamrah.

Qoshingg'a “qoba qavsayn” oyatidin yo'q nima alyaq,

Sochingg'a yo'q savodi laylatul me'rojdin ashbah.

Zanaxdon chohiyu gesu kamandi gar bu yanglig'dur,

Erur vasfig'a bersam tul Yusuf qissasi ko'tah.

Sening ishqing Navoiyg'a ikki olam aro bastur,

Habibullog'a oshiqliq anga garchi had ermas, vah.

  • Semantik izoh: