
Alisher Navoiy korpusi

522
Yuzun ko'r, qilmag'il mujgon-u xatt-u xolidin nola
Ki, bo'lmas xorsiz gul, dudsiz o't, dog'siz lola.
Chu men dur tishlaring hajridin o'ldum, ne osig' gar charx
Nujum ashkini yog'dursa boshimg'a uylakim jola.
Emas bir-bir sirishkim qonikim, ko'z mardumi solur
Iting ollida bag'rimni uzub pargola-pargola.
Labing obi hayotin Xizri xatting no'sh etar soat,
Hubob o'lmish ushoq bir-ikki, ani dema tabhola.
Yuzungdur uyla davri chatr aro, ey xo'blar shohi
Ki, bo'lmaydur qamar davrida hargiz uyla bir hola.
Yuziga, ey falak, ne zeb ber, ne husn sotqilkim,
Quyosh husnig'a ne mashshota hojatdur, ne dallola.
Piyola birla may og'zimg'a kuptin quyma, ey soqiy,
Ki, ul javharg'a go'yokim munosib kayl erur kola.
Base mushtoqing erduk dayr aro, kech kelding, ey mutrib,
Ki, sozing tarkidin bizga yangi oy bo'ldi har tola.
Bu bazm ahlig'a, bilkim, ofiyat juz bevafolig' yo'q,
Navoiy xoh lahni aysh tuz, xoh aylagil nola.