
Alisher Navoiy korpusi

523
Yana shu'laliq ko'ngulni g'aming etti pora-pora,
Buki butrashur, erur poralari, emas sharora.
Ulus ichra orazingdin nazar oncha asradimkim
Ola olmog'um ko'z, o'lgancha gar aylasam nazora.
Badalu safar erur chorasi ishqning demishlar,
Badaling yo'qu safardin g'amim ortadur, ne chora.
Meni telba birla Farhod orasida farq ko'ptur,
Anga xora qazmoq ish, vahki, yog'ib boshimg'a xora.
Dema bo'lg'ay o'qlarimdin taning ichra necha paykon,
Qatarotini yog'inning kim etibdurur shumora.
Bu chaman aro gahi ovla hazor ko'nglin, ey gul
Ki teshkusi xazon chopquni uylakim hazora.
Buki dayrdin Navoiyni haramg'a shayx istar,
Netayinki, yo'l ko'runmas, necha qilsam istixora.