
Alisher Navoiy korpusi

524
Ko'nglakim qon ila har dog'ki bo'lmish toza,
Toza dog'im bila qonidin erur andoza.
Hajrdin kuymish edim, yana deding hajr so'zin,
Eski dog'imni yangi dog' ila qilding toza.
Derki, ishqimni yoshur, vah, netibon yoshurayin,
Emdikim tutti bari dahrni bu ovoza.
La'li avsofini gul barglari uzra yozay,
Aylayin hifzig'a jon rishtasidin sheroza.
Zeb uchun yuzunga gul bargi emastur hojat,
Hojat ul nav'iki, gul bargiga ermas g'oza.
Oqibat qabr eshiksiz uyiga chun kirgung,
Emdi giryos senga ne sud, ochuq darvoza.
Ul pariy suvratini cheksa Navoiy, ne ajab,
Qalami topsa maloyik yungidin parg'oza