 
            Alisher Navoiy korpusi
 
            
            
            
   
        525
Orazing xoli nedin qildi meni devona,
Qushni sayd etmadi chun suda ko'rungan dona.
Kiribon oq uy aro jon qushini kuydurdung,
Garchi fonusda sham' o'rtamadi parvona.
Tiyrboroni g'aming buzdi ko'ngul maskanini,
Bizing uy bo'ldi yog'in kasratidin vayrona.
Hajr za'fidin o'lubmen tanimasdek, ne ajab,
Oshnolar manga bo'ldilar esa begona.
Buzdi ul sho'xi qadahno'sh salohim uyini,
Manga mundin nari manzil bas erur mayxona.
Soqiyo, to'lg'ucha paymona yerim maykadadur,
Meni mast etkali ko'p yaxshidurur paymona.
Jurm esa yor boshim uzra yetib o'lmaganim,
Ey Navoiy, meni o'lturmak erur jurmona.
 
    