Alisher Navoiy korpusi

527

Baski qon bordi alamlar yuzlanib har dog'ima,

Za'f ifroti yaqinlashturdi borur chog'ima.

Bazm aro yodim bila tufroqqa gohi may to'kung

Kim, erur ul ham yaqinkim, to'kkasiz tufrog'ima.

Bu maraz hijrondin o'lmish berma sharbat, ey tabib

Kim, zuloli Xizr yetsa, zahr o'lur qursog'ima.

Jism za'fidin teri qolmish so'ngak uzra yana,

Hajr o'qi parron o'tar, chun yetsa bu yarg'og'ima.

Belga men zunnor bog'labmen, vale xayli ajal,

Vahki, sudrarlar, iliklar berkitib belbog'ima.

Ma'rifat bog'ida ul qushmenki, hayrat aylagay,

Toiri quds aylasa bir dam nishiman bog'ima.

Ey Navoiy, dard tog'inda sog'ing'ay lolazor,

Boqqan el ham toza qonliq, ham qoraliq dog'ima

  • Semantik izoh: