
Alisher Navoiy korpusi

528
Xating savodig'a sun' ilgi yo'ndi chun xoma,
Hamul raqam bila qildi meni siyahnoma.
Yig'ildi, vahki, xating xayli davrasig'ayu bas,
Necha qizitti jamoling quyoshi hangoma.
Ko'zung xayoli ko'ngul maxzanin tasarruf etib,
Magarki hifzi uchun bosti muhri bodoma.
Ko'ngul xarobasida soldi tarxi mehring ishq
Ki uy havolig' o'lur bo'ldi chun duoshoma.
Mening kibi qochar el ko'ngli komidin nokom,
Biravki, sendek erur yori mastu xudkoma.
Maoli ilmida mendin ham erdi johilroq,
Qayuki tutti o'zin olam ichra alloma.
Navoiy o'lsa kerak piri dayr bazmida xos,
Ne desa desun ani va'z ichindagi oma