Alisher Navoiy korpusi

529

Ko'ngulni qildi ming qotilcha yora,

Jafo tig'idin ul sho'xi hazora.

Samandi o't chaqilg'ondek chu sekrir,

Ul o'ttin sekretur na'li sharora.

Itingga tu'maliqqa bo'ldi oson,

Bukim bag'rimni qilding pora-pora.

Ko'rungach ko'zga ul yuz, xasta bo'ldum,

O'larmen, yaxshi gar qilsam nazora.

Ne istar chora dardi ishq uchun el,

Chu yo'q bechoralig'din o'zga chora.

Ko'ngul olam uyiga bog'lama ko'p

Ki baytidur sanga ul istiora.

Fano yo'li, Navoiy, bas qotiqdur,

Magar osonroq o'lg'ay bora-bora.

  • Semantik izoh: