Alisher Navoiy korpusi

53

Ishq nobud etti bizni vola-yu shaydo qilib,

Qatl uchun har lahza muhlik boise paydo qilib.

Ekkali g'am tuxmi xayli dard ashkim saylidin

Aylabon vayron chu ko'nglum kishvarin, yag'mo qilib.

Hush-u aql-u nom-u nangim shishasin sindurg'ali

Nozanin siyminbarim ko'nglin qazo xoro qilib.

Ishq kimni ko'rmasun deb odamilig'din nishon,

Dilbarin aning pariy paykar, malaksiymo qilib.

Ibtido aylab alifdin, muhr aylab dog'din,

Ishq manshurin chu davron otima insho qilib.

Topibon Farhod ila Majnun tariqi ofiyat,

Ishq bedodi aro yerda meni rasvo qilib.

Soqiyo, tut jomi ruhafzoki, muhlik hajrdin

Kim, bo'lub mahzun ilojin sog'ari sahbo qilib.

Ey, xush ul rindi xarobotiki, mast o'lg'on zamon

Dahrg'a hukmin surub, gardung'a istig'no qilib.

Ishqi kofir, chun Navoiy telbani din mulkidin

Xorij aylab, moyili dayr-u mug'-u tarso qilib.

  • Semantik izoh: