
Alisher Navoiy korpusi

530
Choklik ko'nglum nishoni g'unchai xandonida,
Munda toza dog' yanglig' xoli aning yonida.
Yo'qturur itlarga son ko'yidayu ko'rgil meni
Kim ul oy ko'yida men ham yo'qmen itlar sonida.
Uyladur ra'no g'azolim lojuvardi toq aro
Kim emas andoq g'azoli zar sipehr ayvonida.
Asru nofarmondur ul gulkim, libosidur binafsh,
Garchi gulruxlar erur bori aning farmonida.
Hajrida barcha azob oyatlari sha'nimdadur,
Barcha rahmat oyatidek nozil oning shonida.
Davr ayog'idin vafo ahlin unutma, soqiyo.
Kim, vafo yo'q juz unutmog'liq falak davronida.
Donish ahli kaffasida kelturur nodonni charx,
Fikri yo'qkim, rost kelmas bu xirad mezonida.
Gar Navoiy bulbule erdi, xush ilhon, ko'rki, hajr
Navha rangi ko'rguzur har dam aning ilhonida.