
Alisher Navoiy korpusi

532
Tig'idin zaxm yedim, yetkach ul oy qoshinda,
Har ne boshimda edi, bordim aning boshinda.
La'li serobinga to ko'z o'zini oldurmish,
La'l rangidin asarlardur aning yoshinda.
Uyla qonlig' ko'ngul ichra tugan o'rtabsenkim,
Lolaning g'unchasidek bilguradur toshinda.
Charx toqi girihidin ko'p etar javr, base,
Ulki bedodim uchun soldi girih qoshinda.
Naqshi ul oyning ulus ollida behol aylar,
Vah, ne hol erdi ekan xomai naqqoshinda.
Ne tajarrud uyidur dayrki, o'zluk ham yo'q,
Qilg'ali mayg'a garav zumrai avboshinda.
Gar Navoiy tani chirmashsayu to'lg'onsa, ne tong,
Qoldi chun sunbulining chirmashuv to'lg'oshinda.