
Alisher Navoiy korpusi

533
Rangsiz xoling erur ul orazi diljo' uza,
Zang ul yanglig'ki ko'rguzgay asar ko'zgu uza,
Nash'a yoquti mufarrihdin gar ermas dam-badam,
Durji la'lingda nedin kulgudurur kulgu uza.
Xozini hikmat magarkim xol birla qildi muhr,
La'ldin chun soldi qufl ul huqqaliq inju uza.
Qoshi yosin qurg'ali el qasdig'a bo'lmish kerish,
Fitnalig' chinkim tushar ul nargisi jodu uza.
Anbarin zulfing maloyik shahparidin soyadur
Kim ayon bo'ldi tajalli aqshomi yog'du uza.
Soqiyo, ishrat mayin bunyod ila sog'arg'a quy,
Ne uchunkim, dahr bunyodin ko'rarmen su uza.
Ko'yi tufrog'ida qon yutsa Navoiy, yaxshiroq
Bodai kavsar chekardin ravzai minu uza.