Alisher Navoiy korpusi

535

Yoqodek qurb agar topmon sening siymin saqoqingg'a,

Etakdek ham yomon ermas tusha olsam ayoqingg'a.

Chuchukluktinmu yo kuydurganidinmu qabarmishtur,

Labim to yetti la'li otashin yanglig' dudoqingg'a.

Ko'ngul mujgoning uzra kirpigimda qatra qondektur

Bu yanglig' dashna yebtur to asir o'lmish firoqingg'a.

Banogo'shingni o'pmak komu, vahkim, xalq biymidin,

Dey olmon oshkoro, gar desang aytay quloqingg'a.

Labing o'pmakka haddim yo'q vale lutf aylasang oncha,

Ki munglug` ko`zlarimni surtsam qoshu qaboqingg'a

Samnga yondoshmoq istab qomatim yo, ohim o'q bo`ldi,

Hasaddin bir taraf qurboninga, bir yon sadoqingg'a

Ajab ermas agar, ey mug'bacha, maydin ko'tarman bosh,

O'lubmen, tashna labning boshi bir yetmish ayoqingg'a,

Junundin dog'i sahro ichra ayb etma fig'onimni,

Budur ish, ey pariy, tokim tushubturmen so'roqingg'a.

Navoiy ko'ngli qonin to'kkali asrabsen, ey qotil,

Umidim yo'q edi ko'nglimni muncha asramoqingg'a.

  • Semantik izoh: