
Alisher Navoiy korpusi

536
Tushda yetkandekdururmen sarvi hurizodima,
Ko'r, yomon tole'ki, ul ham yaxshi kelmas yodima.
Sog'inurmenkim, topilmas bir ko'ngul olamda shod,
Shodlig' hargiz chu yetmas xotiri noshodima.
Yo'qki, za'fimdin unum chiqmasda rahm etmas ul oy,
Ko'kka ham yetkanda nolam, yetmadi faryodima.
Aytsam, xushtur ko'ngul bog'i giyohi mehr ila,
Derki, bu javharni tengri bermamish po'lodima.
Dod sultondin toparlar, vahki, ul sultoni husn
Azm yetar har lahza tig'i kin chekib bedodima.
Odat aylar yor hijron shevasin, ey do'stlar,
Voykim, netkaymen onsiz xotiri mu'todima.
Men chu bo'ldum dayr pirining muridi, ne asig',
Emdi shayxi xonaqah qo'ymoq ko'ngul irshodima.
Bir xarob o'lg'ayki, hargiz topmag'ay obodliq,
Kimki qilsa bir guzar kunji xarobobodima.
Ey Navoiy, telba ko'nglum dardu g'am tog'in qozar,
Ko'rsang, axvolim degil Majnun sifat Farhodima.