Alisher Navoiy korpusi

537

Xalq mehriga yana, yo rab, meni zor aylama,

Aylasang ham, mehri yo'qlarg'a giriftor aylama.

Mehribonlarg'a dog'i uchratsang, elning mehrini

Nogahon xotirlari ichra padidor aylama.

Ey pariy, qatlimg'a mayl etsang, fido jonim valek

O'zga sori xotiringning maylin izhor aylama.

La'lidin kim qilsa bir jonbaxsh so'z naql, ey ko'ngul,

Ollida jon javharidin o'zga isor aylama.

Tushda vasli bo'lsa gar xud barcha so'ngg'i uyqudur,

Ey Xizr, hayvon suyi ichmakka bedor aylama.

Halqai kufr ichra chun qo'ydum qadam, ey piri dayr,

Mug'bacha zulfi xamidin o'zga zunnor aylama.

Ey Navoiy, dam-badam afgor ko'nglung sog'inib,

Ittik-ittik un bila el ko'nglin afgor aylama.

  • Semantik izoh: