
Alisher Navoiy korpusi

538
Tomida ermas kabutar xayli bu jur'at bila
Kim pariylar keldi oshiqliqqa ul suvrat bila.
Yo maloyik xaylidur tomida parvoz aylabon.
Evrulur boshig'a har kun yuz tuman hayrat bila.
Yo ko'ngullar qushlaridur ko'yini qilg'an vatan
Kim qo'narlar sa'y etib, qovg'an soyi shiddat bila.
Yo kabutarlar keturmish nomalar ushshoqidin,
Ani ko'rgach ko'yini aylab vatan ulfat bila.
Soqiyo, tortay kabutar dam, ketur bir bodakim,
Bir kabutarboz uchun o'ldum g'amu mehnat bila.
Ey kabutar, netti bir pardek qanotingda nihon
Eltsang nomam angakim, yozmisham hasrat bila.
Gar kabutardek Navoiy o'lsa ul oy ko'yida,
Yuz muallaq urg'ay ul xurramliqu ishrat bila.