
Alisher Navoiy korpusi

539
Isitqon, nozanin jismingki, terdin tushti tob ichra,
Erur bir otashin gul bargikim, yotqay gulob ichra.
Isitma ranjidin, ey gul, bo'lubsen g'uncha andoqkim,
Hariru hullaliq jisming tushubtur pechu tob ichra.
Isig'lig'din taning o't bo'ldi, tong yo'q, necha tolpinsa,
Haroratdin qolibtur shu'la doyim iztirob ichra.
Qizil chodirshabu moviy to'shaklar ichra titrarsen,
Aningdekkim quyosh ko'klar bila gulgun sahob ichra.
Labing yoquti ichra qatra-qatra termudur, yoxud
Tushubtur dona-dona inju ikki la'li nob ichra.
Dedilarkim, xarob o'lmish isitmoq birla jononing,
Ne o'tlarkim bu so'zdin tushmadi joni xarob ichra.
Nekun bo'lg'ay yangi oydek taning bo'lg'an to'lin oykim
To'la sog'ar chekarga bazm tuzsang mohi tob ichra.
O'zumni, soqiyo, sog' istamon, tutqil to'la sog'ar
Ki charxi munqalib davronni istar inqilob ichra.
Navoiy, yorni topsang salomat, xayrbod etkim,
Yana za'f etsa nogah, qolmag'ay joning azob ichra.