Alisher Navoiy korpusi

54

Vah, ne balo ekinkim, ul chiqti samandin o'ynatib,

Qoshlari yosini chekib, g'amzasi o'qlarin otib.

Fitna qilurg'a otlanib, goh chopib, gahi yonib,

Har tarafekim aylanib, o'zgacha la'b ko'rsatib.

Tizginib, uylakim quyun, aylanib uylakim tutun,

Raxshi solib chu dubdurun, xayli baloni qo'zg'atib.

Elga ochib uzorini, gul kibi yuz bahorini,

Dard-u firoq xorini ko'kragim ichra o'rnatib.

Ishqi chu elga o't yoqib, ikki ko'zum suyi oqib,

Har sarikim kula boqib, dard ila bizni yig'latib.

Mug'bacha ishqida meni tezrak itti piri dayr,

Nechaki mast tashladi, ko'yi boshig'a sudratib.

Itti Navoiy oh ila, nolai umri koh ila,

Chunki shah-u sipoh ila sirrini elga anglatib.

  • Semantik izoh: