
Alisher Navoiy korpusi

540
Uzdi mendin do'stliq ul sho'xi siymintan yana,
Onchakim mumkindur, etgil aysh, ey dushman, yana.
Mazrai jismimda ermastur qorarg'an toza dog',
Toki, kuymish barqi ishqingdin qayu xirman yana.
Ishqim erdi yoshurun, fosh etti giryon ko'zlarim,
Qildilar g'ammozliq bu ikki tardoman yana.
Sham' yanglig' o't tutoshib boshima hijron tuni,
Yoshurun holimni elga ayladi ravshan yana.
Qochtilar ahli junun har yondin andoqkim sharar,
Baski to'ldi o'tluq ohim dudidin gulxan yana.
Dahr ra'nosi fanu makri bila topsang firib,
To ne makr etkay ayon bu dallai purfan yana.
Ey Navoiy, chun zamon zulmig'a sud etmas jaza',
Kasb qil bu shevaniyu qilma ko'p shevan yana.