Alisher Navoiy korpusi

541

Menki g'am dashtida ittim ohi dardolud ila,

Istagan topqay kecha o't birla, kunduz dud ila.

Infiolingdin quyosh kirdi qora tufrog' aro,

Qilg'aningda jilva ul ruxsori gardolud ila.

Ul og'iz ma'dumu menda o'pmaki savdosidur,

Sudkim istabdurur sarmoyai nobud ila.

Ne iting bo'lmoqqa tole', ne itingga tu'mamen,

Tushkali ko'ying aro bu jismi g'am farsud ila.

G'am tuni qilmish qora bosqan kebi muztar meni,

Buylakim, nokormen bu baxti qir andud ila.

Uyla mahvungmenki, kelmas xotirimg'a hajru vasl

Sen murodimsen, ishim yo'qtur ziyon-u sud ila.

Ey Navoiy, asr-u maqbul el bila xo'y etti yor,

Xushlug'i gar yo'qturur, ne ayb, sen mardud ila.

  • Semantik izoh: