Alisher Navoiy korpusi

542

G'uncha gul ichra gahe paydo bo'lur gulzorda,

Bo'lmadi hargiz ayon og'zing sening ruxsorda.

Za'fdin kulbamda qo'pmoq istasam, aylar madad,

Ankabute rishta osqon bo'lsa har devorda.

Kim jununumg'a yozar ta'viz iynak ashku yuz,

Gar kerak shingarf birla za'faron tumorda.

Sayli ashkimdin demakim mulk emas mardumnishin,

Balki mardum qolmadi bu diydai xunborda.

Dayr tufrog'ida butmish sabza der ko'rgan kishi,

Zanglik yuz no'gi paykon bu tani nokorda.

Har birisin angla bir kofir jafosidin hisob,

Bu girihlarkim, tugubmen rishtai zunnorda.

Sinsa ibriqi vuzu, andin manga bas bir safol,

May gadoliq aylamakka kulbai xammorda.

Charx ayvoni munaqqashdur, vale naqqoshi sun'

Chekmadi naqshi vafo bu toqi minokorda.

Ey Navoiy, yer yuzin ag'yor tutsa, g'am yema,

Bir sarimo' gar sening fikring bor ersa yorda.

  • Semantik izoh: