Alisher Navoiy korpusi

544

Sarvqad gulruxlar o'tmas xotiri noshodima,

Sarvu gul ko'rsam, alar kirgay magarkim yodima.

Uyla gardun zulmi etmish ro'zgorim tiyrakim,

Yoruta olmas quyosh kirsa xarobobodima.

Nega faryod etmayin, yoxud netay faryod etib,

Buylakim, faryod etib, yetmas kishi faryodima.

Qazmasa ko'nglum yana g'am Bestunin yaxshiroq,

Hech Shirin lab chu qilmas rahm bu Farhodima.

Sho'xlar mujgonidin zuhdum qutulsin, vah, necha

Igna birla naqb teshmak qal'ai po'lodima.

May quyoshin dayr aro har dam chekar bo'lsam, ne g'am,

Gar quyosh tig'in falak har dam chekar bedodima.

Ey Navoiy, ofiyat ko'yi g'animatdur valek

Naylayin, gar kirmasa shaydo ko'ngul irshodima.

  • Semantik izoh: