
Alisher Navoiy korpusi

545
Bas yomon hole tushubtur, yorlar, men zorg'a
Kim, yomon holimni zohir aylay olmon yorg'a.
Eyki, debsen yer yuzini lolazor etmish bahor,
Go'yiyo ko'z solmading bu diydai xunborg'a.
Toshlaringdin yaxshiroq bo'lmoq tanimda dog'lar,
Sikkai behbud urg'ondek durur dinorg'a.
Subhi vaslim, demasang, qilg'ay nihon shomi firoq,
Nega yopting zulfi shabgun mehrdek ruxsorg'a.
Jonfizo qilmish yuzung bo'stonini har sori xay,
Bu gul ochg'ay bersalar hayvon suyi gulzorg'a.
Qatl mayli qilmasang, nevchun yana minding samand,
Belga rust aylab etak gul sanchibon dastorg'a.
Ey nasihatgo', ko'zumni tiyra aylabtur xumor,
Rahm etib qil rahnamunluq kulbai xammorg'a.
Jomi may tutqilki, tarixi binosin topmadim,
Nechakim soldim nazar bu toqi minokorg'a.
Dayrdin gar bo'lmasun g'oyib der ersang mug'bacha,
Ey Navoiy, bog'la zunnore uchun zunnorg'a.