
Alisher Navoiy korpusi

546
Har gulki ochibdur may ul orazi diljo'da,
Gullarmu ekin suda, gul aksimu ko'zguda.
Ko'zguda yuzung aksi, gar yaxshi nazar qilsang,
Bor uyla biaynihkim kun aksi tushar suda.
Noz uyqusida ul ko'z oshubi jahon ichra,
Uyg'onsa ko'zung netkay olam buzub uyquda.
Ollimga yuzung kelgach, husn ahlini ko'rmasmen,
Ko'z anglamas ashyoni, bo'lg'ach quyosh o'truda.
Gar shahrni tark aylab, sahrog'a qo'yubmen yuz,
Ma'zur erurmenkim, mohim erur urduda.
Olam ishi sar-tosar g'am yerga kiro qilmas,
Soqiy, tutubon jome qo'yma meni qayg'uda.
Vasl istasang, o'l foniy andoqki Navoiykim
Har ishki munung g'ayri bordur, bari behuda.