Alisher Navoiy korpusi

547

Tiyralik xatting savodidin labi xandon uza

Xizr soldi soya go'yo chashmai hayvon uza.

To hazin ko'nglumni la'ling hasrati qon aylamish,

Anda xoling naqsh o'lturg'an chibindur qon uza.

Jon-u ko'nglum nolasidin ikki haqgo' qush kibi,

Kecha ul oy ko'yida afg'on erur afg'on uza.

Toiri mehnat buzuq ko'nglumda tutmish oshyon,

Chug'z andoqkim nishiman aylagay vayron uza.

Ey musulmonlar, yeting faryodimakim, kofire

Jonu ko'nglum oldi, emdi so'z borur imon uza.

Charx toqidin topar kun chashmasi har kun zavol,

Zarvaraqtin shamsa chekkan ne osig' ayvon uza.

Ey Navoiy, to dedi dardim yukin ko'nglungga qo'y

Ko'nglum uzra qo'ydum ul yukniyu minnat jon uza.

  • Semantik izoh: