Alisher Navoiy korpusi

548

Ne ajab, ushshoq aro bo'lsam meni zor o'zgacha

Kim, erur ma'shuqlardin ul sitamkor o'zgacha.

Boshima ahbob bo'lmish jam', ya'ni itlaring,

Go'yiyokim za'fdin bo'lmish bu bemor o'zgacha.

Dahr aro oshubdurkim, chiqmish ul bebok mast,

Egnida to'n o'zgacha, boshida dastor o'zgacha.

O'zgacha bo'ldi o'tum paykonlaringdin, uylakim,

Qatra terlardindur ul gulrangi ruxsor o'zgacha.

Holim o'lmish o'zgacha har damkim, ul oy ko'rguzur

Labda guftor o'zgacha, qomatda raftor o'zgacha.

Qil rioyat, soqiyokim, bazmida bir dam bo'lay

Kim, manga har dam bo'lur hole padidor o'zgacha.

Jondin oyirmoq emas mumkin aning zulfinikim

Chirmashibdur rishtai jonimg'a har tor o'zgacha.

Olam ahli ichra odam demak o'lmas anikim,

Joh ila bo'lg'ay anga qonuni atvor o'zgacha.

Ey Navoiy, dahr gulzoridin o'tkim, har guli

Ko'rguzur yuz xoru har xorida ozor o'zgacha.

  • Semantik izoh: