Alisher Navoiy korpusi

549

Tanimdur halqai zulfida ne yanglig' dard qofinda,

Yilondek to'lg'anib har lahza bir xoro shikofinda.

Chiqorib qoni birla la'ldek boshimg'a tikkaymen,

Ayog'img'a iting tosh ursa ko'yiniing tavofinda.

Netay oy-kunni onsizkim, emas bir sabzayu gulcha,

Ham oy qolqoni, ham kun nayzasi hijron masofinda.

Ko'rub ko'rmay qoshin ushshoq aro ko'p bahs voqe'dur,

Xirad ahli aro andoqki ru'yat ixtilofinda.

Saloh ahlida garchi qo'ymading satru ifof, ammo

Seni haq asrasin o'z pardai satru ifofinda.

Sabuhi vaqti gul ochilg'anin naylayki, ul yotmish

O'zini g'uncha yanglig' chirmabon gulgun lihofinda.

Ne maykim tutsa piri dayr, olib rindona sipqorkim,

Emastur rind ulkim, so'z der aning durd-u sofinda.

Der erdilarki, voiz harza ko'p der, emdikim ko'rdum,

Jununu savt munkir ham muzof ermish gazofinda.

Navoiy mu'tarifdur jurmig'a, yo rab, sen o'tkarkim,

Karam ahlig'a lozim afvdur jurm e'tirofinda.

  • Semantik izoh: