Alisher Navoiy korpusi

55

Ul meni surmakka har dam xanjari hijron chekib,

Men ayog'idin boshim olmay, yo'linda jon chekib.

Ul ichib el birla ruhafzo qadahlar oshkor,

Men balo jomida zahri g'ussani pinhon chekib.

Vasl ne mumkinki, to oshiqmen, ul qatlim uchun

O'q chekib qosh yoyig'a, men zaxmdin paykon chekib.

Men chekib ko'z qonidin yuz uzra xatlar birga yuz,

Nildin xatkim banogo'shi aro jonon chekib.

Zikrida ohim damo-dam uyladurkim, ahli zuhd

Har zamon bir mad o'qurda oyati Qur'on chekib.

Davr bazmida ne maykim xalq no'sh aylar, meni

Qon yutarg'a ul aroda soqiyi davron chekib.

Ul pariy borg'ach, Navoiy dasht sari qo'ydi yuz,

Telbalar yanglig' yaqosin chok etib, afg'on chekib.

  • Semantik izoh: