
Alisher Navoiy korpusi

550
Ko'yida toshe tilarmen qo'yg'ali bosh ostig'a,
Toki o'lsam, qo'ysalar boshimni ul tosh ostig'a.
Kunduzi xurshidi oltun xishtidin o'tkay boshim,
Ostoning xishtini qo'yg'an kecha bosh ostig'a.
Go'shadin tushmish po'lak chekkanda mushkin yoy aro,
Anbarin xoli savodi ul qora qosh ostig'a.
Su kishisidur biaynih ko'zlarimning mardumi,
Yig'larimdin qolg'ali daryo kebi yosh ostig'a.
Hajr aro baytulhazanda qilmangiz ashkimni man',
Yemrulub vayrona kulbam, qolg'amen kosh ostig'a.
Sof eting may durdi sajjodamdakim, bordur haqir,
Olib egnim ustidin solmoqqa avbosh ostig'a.
Ey Navoiy, ko'k qizib bo'lmish qizil, ermas shafaq
Shu'la o'tlardinki, ohing ayladi fosh ostig'a.