Alisher Navoiy korpusi
551
Yor agar bazmi aro g'amginlarin shod aylasa,
Rozi o'ldum, kosh men g'amginni ham yod aylasa.
Naxli qaddig'a sabodin yetsa oseb o'zni bor,
Sadqasi yuz sarv yanglig' banda ozod aylasa.
Bog'bon qaddu yuzungni ko'rsa bog' ichra, ne tong,
Sarvini gar o'tg'a yoqsa, gulni barbod aylasa.
Ko'nglum afg'oni anga ermas ajab, gar yetmasa,
O't uni yetmas quyoshqa, garchi faryod aylasa.
Ey ko'ngul, chun olam ahlig'a vafo yo'qtur, kishi
Avlo ulkim, o'zni bekaslikka mu'tod aylasa.
Shayx ila zuhdi riyoyidin malul o'lsam, qani
Dayr pirikim, fano oyinin irshod aylasa.
Ey Navoiy, odamilig'din yiroqdur sen kibi
Yorliqqa kimki mayli odamizod aylasa.