
Alisher Navoiy korpusi

552
Kishi visol tuni yori birla yotquncha,
Jamoli sham'ig'a qilsun nazar tong otquncha.
Muyassar o'lmadi jon bermaku labin o'pmak
Nedinki qolmadi jonim ani unatquncha.
Meni yo'q etkan erur hajri sangboroni,
Nedinki yog'di tanim tosh ichiga botquncha.
Maloldin meni bir jur'a birla sotqun, ol
Xurushu arbada birla jahong'a sotquncha.
Ko'ngul jarohatig'a yoq visol marhamini,
Firoq xorasi birla boshim ushatquncha.
Saloh to'nini chok etsa yaxshiroq, ey shayx,
Riyo yuruni bila xirqani yamatquncha.
Navoiy, ahli fano dayri halqasin xush tut,
O'zungni zuhdu riyo majma'ig'a qotquncha.