Alisher Navoiy korpusi

553

Manga bo'lmag'ay yor begona nogah,

Meni qilmag'ay zoru devona nogah.

Base ashk oqizding, ey ko'z, bas etkim,

Yiqilmasun ustunga vayrona nogah.

Deding chekma ohu fig'on, voy naylay,

Chiqib kelsa ul sho'xi mastona nogah.

Musallo yukin rahn etarga chekarmen,

Agar maskanim bo'lsa mayxona nogah.

Ko'p usrukmen, ey dayr piri, uyatdur,

Qo'lumdin tushub sinsa paymona nogah.

Zamon ahlidin, ey ko'ngul, gar qutulsang,

Alar sari mayl etmagil yona nogah.

Kiyomatqacha yotsa usruk, ajab yo'q,

Navoiyg'a may tutsa jonona nogah.

  • Semantik izoh: