
Alisher Navoiy korpusi

554
Ne sud gulshan aro ichmaking nihon boda
Ki, yuzda gullar ochardin bo'lur ayon boda.
Ko'zung xayoli kelib qonim ichsa xushdilmen,
Biaynih uylaki dilxohi mehmon boda.
Labig'a boda olib qildi no'shu jon toptim,
Ul ichti, lek manga bo'ldi no'shi jon boda.
Ne munkir o'lmoq erur kecha boda ichkandin,
Chu qo'ydi xullang uza qatradin nishon boda.
Agarchi tavba buyurding manga, bil, ey zohid
Ki, sing'usi, yona chun tutsa dilsiton boda.
Ko'zungki qonim ichar mayli qildi, mast o'ldi
Ki, botroq usruk o'lur, ichsa notavon boda.
Zamona mehnatidin bir zamon desang qutilay,
To'la-to'la quyubon ich zamon-zamon boda
Biravki yaxshi-yomon ranjidin farog' istar,
Icharda tolg'amadik yaxshi, gar yomon boda.
Navoiy ayladi dorulamone maykadani
Ki, berdi dahr g'amidin anga amon boda.