
Alisher Navoiy korpusi

555
Tongg'a solma va'dai vaslingni bore bu kecha,
Kim, meni o'lturgusi tong intizori bu kecha.
Chun yoshurdi ul quyosh o'tluq jamolin, vah, ko'rung,
Kim, o'tar gardundin ohimning sharori bu kecha.
Charx uza har yon shihob ermaski, ko'kning holima
Yosh to'kar har lahza chashmi ashkbori bu kecha.
Subh agar urmas nafas, o'lgumdurur yo ul Masih,
Bir nafas kelmas meni dilxasta sari bu kecha.
Anglating bazmida, ey sham'u qadah, yig'lab, kuyub,
Buki o'lturdi meni hajr iztirori bu kecha.
Soqiyo, vasling shafaqgun jomidin tirguz meni,
Kim, qilibtur qasdi jon hajring xumori bu kecha.
Ey Navoiy, sen agar kunduzga yetsang, beg'am o'l,
Kim, g'amidin qolmadi jon bizga bore bu kecha.