Alisher Navoiy korpusi

556

Sunbuli shomida yuz ayladi gulrez yana,

Bo'ldi har uchqunidin ko'nglum o'ti tez yana,

Gulning atrofida yuz g'uncha degil zohir etar,

Orazing davrida ul zulfi dilovez yana.

Otashin la'lu yuzi sham'in ochar, tong yo'q, agar

Kuysa xoshoku xas, tavbayu parhez yana.

Ne tarovatdurur ul yuzdaki, xaydin qilmish

Gulni shabnamzada, shabnamni gulomez yana.

Meni hijronda ukar xalq va lekin onsiz

Zor ko'nglumga erur boda g'amangez yana.

Anglagan ishq aro Farhod ishi Shirinlig'ini,

Ulsa ham aylamagay hashmati Parvez yana.

Ey Navoiy, kelur ul husn bahori bu taraf,

Barki ohingni bu kun qilma sabukxez yana.

  • Semantik izoh: