
Alisher Navoiy korpusi

557
Boda tobidin qizil raglar uzoring bog'ida,
Obkashlarning misoli keldi gul yafrog'ida.
Furqatingda dog' ila qonim emastur loladek
Kim, yo'q o'lturmak oning qonida, kuymak dog'ida.
Lutf ko'rkim, bir surohidekkim ul bo'lg'ay, bulur
Bodakim no'sh etti, zohirdur aning qursog'ida.
Ko'r mening holimnikim, ul tog'ning ostidamen,
Ishq aro Farhod agar qolmish baliyat tog'ida.
Topti jon ishq ahlikim, ul ko'y aro dafn ettilar,
Go'yiyo hayvon suyidur ko'yining tufrog'ida
Qoridim isyon aro, emdi pushaymonlig' ne sud,
Koshki qilsam edi taqvo yigitlik chog'ida.
Bordi tishlab barmog'in, ko'rgoch Navoiy holini,
Ham hayotu ham o'lum ko'rdum aning bormog'ida