Alisher Navoiy korpusi

559

Xasta ko'nglum qushini boshing uchun shod ayla,

Yo boshingdin evurub tashlabon ozod ayla.

Lutf yo zulmki g'ayrimg'a qilursen, chidamon,

Aylayolg'ancha mening jonima bedod ayla.

Yor o'lturgali ishq ahlig'a yuz ming tuhmat,

Ey raqib, aylama borin manga, isnod ayla.

Ey ko'ngul, xalq jafosin yetkururdin o'lgung,

Emdi demon seni afg'on cheku faryod ayla.

Bu chaman gullarida yo'q chu vafo, ey bulbul,

Zor ko'nglungni jafo xorig'a mu'tod ayla.

Ey ko'ngul, sayli sirishk ani tubidin qo'ngarur,

Nechakim sabr uyining tarhini bunyod ayla.

Hajr ko'p shiddat ila o`lturadur,bir dam anga,

Ey ajal, joning uchun sen dog'i imdod ayla.

Tarki ishq ayla deding, kech bu so'zungdin, ey shayx,

Tengri ishqi manga, o'zga nima irshod ayla.

Soqiyo, mehnatu g'am buzdi Navoiy ko'nglin,

May suyi birla bu vayronani obod ayla.

  • Semantik izoh: