Alisher Navoiy korpusi

560

Ko'nglum itti zor husni onining tug'yonida,

Ayladi oshiq meni husnu malohat onida.

Yuz tuman taqvo sipohin raxshi aylar poymol,

Mast aylar chog'da javlon xo'bluq maydonida.

Qasri davlat ichra eldin jon olurning ne g'ami,

Xastadinkim jon talashqay za'fdin vayronida.

Necha ul oy itlari bor ersa sondin tashqari,

Men kimu bo'lmoq aning ko'yida itlar sonida.

Vah, ne kofir erkin ulkim, zulfining zunnoridin

Soldi yuz ming uqda taqvo ahlining imonida.

Ey xush ulkim, garchi tunlar yoni yerga yetmadi,

Ko'rdi o'z sham'i shabistonini bir tun yonida.

To Navoiy telbarabtur sensiz, ey gulrux pariy,

Bir tikan har tuk soyu ko'rgil tani uryonida.

  • Semantik izoh: