Alisher Navoiy korpusi

561

Ne haddim yozmoq bitik ul mehri olamtobg'a,

Chun yoza olmon jafosin zarraye ahbobg'a.

Nomasig'a rishta chirmabkim yubordim rashkdin,

Tori jismim rishta yanglig' tushti pechu tobg'a.

Bordi qosid, bo'ldi shomu kelmadi andin javob,

Tongg'acha to nelar o'tkay diydai bexobg'a.

Kim o'qug'ay noma dog'i kelsa chun ko'z bahridin,

Men tushubmen nomaning pechi kebi girdobg'a.

Kimki istar nomaye sabru salomat boqmasun

Xo'blar xolu xatidin nuqtau e'robg'a.

Boda mavjining xututidin ko'zum topti jilo,

Soqiyo, jon ham erur moyil bu la'li nobg'a.

Jonda yoshurg'um alifdek, ey Navoiy, nomasin,

Shoyad andin za'f daf o'lg'ay tani betobg'a.

  • Semantik izoh: